Telegram tarmog‘ining butun dunyodagi foydalanuvchilari 1-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 4:00 dan boshlab messenjerdan foydalanishda muammolarga duch keldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Telegram Rossiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Fransiyada ishlamagan yoki faoliyatida uzilishlar kuzatilgan. Shuningdek, AQShning bir necha shtatidagi foydalanuvchilar ham muammolarga duch kelgan.

Foydalanuvchilarning 45 foizi xabarlarni ololmagani yoki jo‘natolmagani, 43 foizi serverga ulanishda qiynalgani, 11 foizi esa akkauntiga kirolmagani qayd etildi.