Facebook’da texnik xatolik tufayli “qora ro‘yxat”dagi 800 ming kishi blokdan chqiarildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

29-maydan 5-iyungacha “qora ro‘yxat”ga kiritilgan foydalanuvchilar hamma uchun ochiq bo‘lgan publikatsiyalarni ko‘rishi mumkin edi, biroq ularda faqat do‘stlar uchun e’lon qilingan ma’lumotga kirish imkoni yo‘q edi.

Bundan tashqari, blokdan chiqarilgan foydalanuvchi Messenger orqali o‘zini bloklagan foydalanuvchiga xat yozish imkoniga ham ega bo‘ldi. Kompaniya o‘z xatosini to‘g‘riladi va blokdan chiqarilganlarni qayta blokladi.

Facebook ma’muriyati foydalanuvchini bloklash imkoniyatining qanchalik muhimligini tushunishini ta’kidlab, foydalanuvchilardan uzr so‘radi.