Facebook kapitalizatsiyasi bir kun ichida 119,4 milliard dollarga keskin tarzda tushib ketdi, bu AQSh fond bozorida tarixiy antirekordga aylandi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: Reuters

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Facebook aksiyalari narxi 26-iyul, payshanba kuni rekord darajadagi 19 foizga pasaygan. Savdolar yopiladigan vaqtga kelib, qimmatli qog‘ozlar 176,26 dollardan savdo qilingan. Bunday ko‘rsatkich kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasi 119,4 milliard dollarga tushib ketishiga olib kelgan. Bir kun oldin u 629,71 milliard dollarga baholanayotgan edi. Bunday tushish AQSh fond bozori tarixida kapitalizatsiyaning bir kun ichidagi eng katta kamayishi bo‘ldi.