Rossiya Shimoliy floti mutaxassislari Barens dengizi tubidan Ikkinchi jahon urushi davriga oid “Sherman” tankini chiqarib oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Tarixiy eksponat yuzaga 56 metr chuqurlikdan chiqarib olingan.

Barens dengizi tubidan chiqarib olingan “Sherman” tanki hisob bo‘yicha oltinchi tank bo‘lgan. Shimoliy dengizdan jami yettita zirhli tarixiy eksponat chiqarib olingan.

19-iyulda Shimoliy dengizdan yana bir mukammal eksponat — M3 Lee Ameriсa tanki chiqarib olingan. Ayni paytda uning ustida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

AQSh hukumati 1942-yildan boshlab SSSRga “Sherman” tanklarini yetkazib bergan.