Jahondagi eng mashhur internet-brauzerlardan biri — Google Chrome yaqinda tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: Windows Tips

Aytilishicha, brauzerning yangilangan versiyasi taqdimoti 4-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

“Brauzerning tashqi ko‘rinishi barcha platformalarda o‘zgaradi, bu Chrome 69 yangilanishi doirasida bo‘lib o‘tadi. Kompyuterlardagi yangi dizaynda oq tonlar ko‘proq bo‘ladi”, — deb yangiliklarga izoh berdi Google vakillari.