Quddus muftiysi Muhammad Husayn falastinliklarga murojaat qilib, sahifalari yetishmaydigan Qur’oni Karim tarqalgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda IslamToday nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “Azon.uz”.

Foto: “Azon.uz”

Muftiyning aytishicha, mazkur nashr Al-Azhar universiteti 2015-yilda bergan iznga asosan Misr-Suriya nashriyotida chiqarilgan. Unda to‘rtta sahifa kamligi aytilmoqda: 192, 195, 196 va 199.

Muhammad Husayn kutubxonalar va fuqarolardan sahifalari noto‘kis nashrni diniy idoraga topshirishni so‘radi.