Amerikaning SpaceX kosmik kompaniyasi Big Falcon Rocket kosmik kemasida Oy atrofida uchadigan sayyohni tanladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Kompaniya asoschisi Ilon Maskning ma’lum qilishicha, Oyga uchadigan sayyoh yaponiyalik milliarder Yusaka Mayezavadir.

42 yoshli Mayezava Zozo internet kanalining asoschisi va rahbaridir. Ushbu internet kanal individual o‘lchovlar bo‘yicha ishlab chiqarilgan kiyimlarni sotish bilan shug‘ullanadi.

Mayezava uch milliard dollar daromadi bilan, Yaponiyaning eng badavlat kishilari yigirmataligidan o‘rin egallagan.

Tadbirkorning aytishicha, bunday parvozni u doimo orzu qilgan. “Vanihoyat, men Oyga uchish uchun meni tanlashdi, deb ayta olaman”, — deydi u.

Mayezava Oyga uchadigan kosmik kema Big Falcon Rocket (BFR) hozirda ishlab chiqarish jarayonida. Parvoz taxminan 2023-yilga mo‘ljallangan.

Tarixda 24 kishi Oyda bo‘lib, qaytgan. Ularning barchasi amerikaliklar bo‘lib, parvozlar Apollon dasturi doirasida amalga oshirilgan.