O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan zamonaviy o‘zbek she’riyatining yirik vakillaridan biri Halima Xudoyberdiyevaning turli yillarda nashr etilgan kitoblari asosida 5 jildlik saylanmasi nashrga tayyorlanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi xabar berdi, deb yozadi O‘zA.

Foto: O‘zA

Jumladan, saylanmaning 1-jildidan o‘rin olgan shoiraning benazir bitiklarini o‘qish davomida, tuyg‘ularning rangi va tovushinigina emas, balki qo‘l bilan tutsa bo‘ladigan darajada moddiylashganini his etish mumkin.

Kitobning birinchi jildi tayyorlanib, keng omma e’tiboriga havola etilish arafasida turibdi. Keyingi to‘rt jildi esa nashr etilish jarayonida.