Buyuk Britaniyada Man Booker Prize mukofotiga nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi. Nomzodlar qatoridan Anna Berns (Milkman) va Deyzi Jonson (Everything Under) o‘rin olgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

To‘liq ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish olgan:

Anna Berns (Buyuk Britaniya), Milkman

Deyzi Jonson (Buyuk Britaniya), Everything Under

Reychel Kushner (AQSh), The Mars Roo

Richard Pauers (AQSh), The Overstore

Robin Robertson (Buyuk Britaniya), The Long Take

Esi Edugyan, (Kanada), Washington Black

Bu yil mukofotga eng yosh nomzod 27 yoshli Deyzi Jonson hisoblanadi.

Barcha nomzodlar o‘z kitoblarini “Buker” formatida qayta nashr qilish uchun 2,5 ming funt sterling miqdorida chekni qo‘lga kiritadi. G‘olib esa 50 ming funt sterling oladi. G‘olibning nomi 16-oktabrda e’lon qilinadi.