O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyotida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning besh kitobdan iborat “Shaytanat” kitobi to‘liq nashrdan chiqdi.

Foto: Matbuot va axborot agentligi

Bu galgi tugal va mukammal nashrda besh qismli kitobning har bir qismi alohida nom ostida taqdim etilgan, asarning o‘zi esa yaxlit, mazmunan va mantiqan yakun topgan ko‘rinishda, barcha tuzatishlar va o‘zgartirishlar kiritilgan holda chop etildi.

“Shaytanat” to‘plamining birinchi qismi “Qasos”, ikkinchi qismi “Non bergan jon olmaydi”, uchinchi qismi “Semirgan chumoli”, to‘rtinchi qismi “Oqqush qo‘shig‘i”, beshinchi qismi “Azozil do‘koni” deb nomlandi. Qismlarning har biri alohida nomlangani va har bir qism alohida kitob sifatida nashr etildi.