Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Toshkent shahrining Olmazor tumanida kitob marafoni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Nigora Mirzayeva

Tadbirga tumandagi 146-maktab mezbonlik qildi. Kitoblar marafoni tadbiri doirasida turli nashriyotlar bolalar uchun kitoblar yarmarkasini tashkil etdi. Shuningdek, o‘quvchilar “Maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida maktab kutubxonasi uchun kitoblarni hadya etdi.

Foto: Nigora Mirzayeva

Foto: Nigora Mirzayeva

Foto: Nigora Mirzayeva

Bundan tashqari o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli o‘tkazish maqsadida 24 turdagi to‘garaklar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Aktrisa Madina To‘xtayevaning tashrifi esa 1440 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya oladigan maktab jamoasiga xush kayfiyat ulashdi.

Foto: Nigora Mirzayeva