“O‘qituvchi” nashriyoti O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning to‘qqizta kitobini nashr etdi. Bu haqda “Daryo”ga nashriyot vakillari ma’lum qildi.

Foto: “O‘qituvchi”

“O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining ‘O‘qituvchi’ nashriyot-matbaa ijodiy uyi sevimli yozuvchimizning eng sara asarlarini nashr etishni boshladi. Bugungi kunga qadar adibning 9 ta kitobi nashrdan chiqdi”, — deyiladi xabarda.

Nashr etilgan kitoblar:

  • Bahor qaytmaydi
  • Nur borki, soya bor
  • Hikoyalar
  • Dunyoning ishlari
  • Ikki eshik orasi
  • Ikki karra ikki – besh
  • Sevgi qissalari
  • Hajviy hikoyalar
  • Tushda kechgan umrlar