Turkiya ommaviy axborot vositalari saudiyalik oppozitsion jurnalist Jamal Xashkaj hayotining so‘nggi damlari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi, deb yozadi “MK.ru”.

Foto: “MK.ru”

Turkiyalik jurnalistlar saudiyalik hamkasblarining Istanbul shahridagi Saudiya Arabistoni bosh konsulxonasi oldida shafqatsizlarcha o‘ldirilganini ta’kidlamoqda. Ular diplomatik missiya binosida yozib olingan audioyozuvni o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi.

Qayd etilishicha, marhum jurnalist konsulxona oldida qiynoqqa solingan.

So‘roq paytida uning barmoqlari uzilgan, so‘ng boshi tanasidan judo qilingan. Ushbu jarayonda Saudiya Arabistonining Turkiyadagi elchisi Muhammad Ibragim al-Uteybi ham ishtirok etgan. Audioyozuvda uning ovozi ham bor.

Ushbu hodisan so‘ng al-Uteybi Saudiya Arabistoniga uchib ketgan. Shuningdek, jurnalist o‘ldirilganidan so‘ng, uning jasadi bo‘laklarga bo‘linib, konsulxona hududiga yashirib qo‘yilgan.

Marhum jurnalist Xashkaj Saudiya Arabistoni boshqaruvini qattiq tanqid qilgan edi. 2-oktabr kuni u konsulxonaga hujjatlarini rasmiylashtirish uchun kirgan va qaytib chiqmagan.

Tashqarida uni qallig‘i kutib turgan edi. Konsulxonaga kirishdan avval Xashkaj unga o‘z telefonini bergan. Uning qo‘lida esa Apple Watch soati bo‘lib, aynan shu soat ovozlarni yozib olgan va uni telefonga uzatgan. Ushbu yozuv tufayli hodisa qanday bo‘lgani oydinlashdi.

Saudiya Arabistoni hukumati hozirga qadar jurnalistning o‘ldirilganini tan olmagan, biroq turk politsiyasiga konsulxona binosini ko‘zdan kechirishga ruxsat bergan.