O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti “Mening birinchi ensiklopediyam” turkumida belgilangan 50 nomdagi bolalar ensiklopediyasining 10 tasini nashrdan chiqardi. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi xabar berdi.

Foto: Matbuot va axborot gentligi

Har bir ensiklopediya o‘zi ixtisoslashgan sohaga oid ma’lumotlarni qisqa va lo‘nda shaklda, yosh ko‘rsatkichlari inobatga olingan holda o‘zida jamlagan. Matnlar bevosita illyustratsiyalar bilan boyitilgan.

Hozirda nashriyotda ushbu turkumga oid navbatdagi kitoblar tayyorlanmoqda.