Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat vazirlar mahkamasining majlisi chog‘ida hukumat a’zolariga o‘zining shtanga ko‘tarish mahoratini namoyish etdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Skrinshot: YouTube

Majlisda 1—10-noyabr kunlari respublikada bo‘lib o‘tadigan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatiha tayyorgarlik muhokama qilingan. Yig‘ilishda davlat rahbariga musobaqa ochilish marosimiga taklifnoma va esdalik nishonlari, shuningdek, ramziy shtanga sterjeni topshirildi.

Berdimuhamedov tilla suvi yugurtirilgan grifni boshi uzra dast ko‘tarib, yig‘ilganlarga o‘zining sportga oid mahoratlarini ko‘z-ko‘z qildi, so‘ng sterjenni joyiga qaytarib qo‘ydi.

Davlat rahbarining xatti-harakatlarini hukumat a’zolari gulduros qarsaklar bilan olqishladi.