Noyabr oyining boshida Apple kompaniyasining bozor kapitalizatsiyasi bir trillion dollardan oshiq edi. Ammo hozirda bu qiymat 921 milliard dollarga tushdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Oxirgi besh yil ichida Apple 190 milliard dollar yo‘qotdi. Mutaxassislarning aytishicha, kompaniya sakkiz yil muqaddam ham shu narxda bo‘lgan.

Kompaniya aksiyalari 12-noyabr kuni besh foizga tushib ketdi. Hozir bir dona aksiya 194 dollar turadi. Mutaxassislar narx tushishini iPhone‘ga bo‘lgan talabning tushishi bilan bog‘lamoqda.