O‘zbekiston Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorida jamoat joylarida elektron kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus tablolarda joylashtirish, ularni mobil qurilmalarga yuklab olish va o‘qish imkoniyatini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Foto: “Xalq so‘zi”

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan Farg‘ona xalqaro aeroporti kutish zallarida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” Marg‘ilon stansiyasi vokzalida, Farg‘ona shahridagi avtobus bekatlarida o‘zbek zamonaviy va mumtoz adabiyoti, jahon adabiyoti durdonalaridan QR-kodli elektron kitoblar maxsus tablolarda joylashtirilmoqda.

Foto: “Xalq so‘zi”

Ushbu kitoblar doimiy yangilanmoqda va hozirda xorijiy tildagi adabiyotlar bilan boyitish ishlari olib borilmoqda.