O‘zbekistonlik shoira, “Kitob dunyosi” gazetasi muharriri Xosiyat Rustamova Tailandda xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Open Euratsian Literature Festival & Book Forum - 2018” VII xalqaro festivalida Xosiyat Rustamovaning bir turkum she’rlari “Eng yaxshi nazmiy asar” yo‘nalishi bo‘yicha yuqori o‘ringa loyiq topilib, “Kapalak qo‘shig‘i” mukofoti bilan taqdirlandi.

Tanlov tashkilotchilarining qaroriga ko‘ra mazkur ijodiy musobaqa g‘oliblarining kitoblari Yevropada nashr etiladi. Joriy yilda ushbu yirik tanlovga dunyoning 30 dan ziyod mamlakatidan 1000 nafarga yaqin ijodkorning asarlari taqdim etilgan.