Tailandning Bankok shahrida bo‘lib o‘tayotgan Open Eurasian Literature Festival & Book Forum-2018 xalqaro adabiy festivali doirasidagi “Yevroosiyo ijodiy gildiyasi-2018” (OEBF) 7-xalqaro tanlovi g‘oliblari safidan yozuvchi va dramaturg Qo‘chqor Norqobilov ham joy oldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Adibning urush mavzusidagi “Biz jangdan qaytmadik” qissasi va turkum hikoyalari “Dunyo generallari tinchlik uchun” xalqaro assotsiatsiyasining “Dunyo xalqlari o‘rtasida tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashdagi yuksak faoliyati” nominatsiyasiga loyiq, deb topildi.

Oldinroq yozuvchining turmush o‘rtog‘i, shoira Xosiyat Rustamova mazkur tanlovda nazm yo‘nalishi bo‘yicha “Kapalak qo‘shig‘i” mukofotini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.