Instagram barcha foydalanuvchilar uchun Direct bo‘limida ovozli xabar almashish funksiyasini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Afisha Daily” xabar berdi.

Foto: Google Images

Ovozli xabarning maksimal uzunligi bir daqiqani tashkil qiladi, ular yozishmalar arxivida saqlanib qoladi. Xabar yozib qoldirish uchun matn oynasi oldidagi mikrofon belgisini bosib turish kifoya.

Instagram endi Viber, Zello, Telegram, Facebook va WhatsApp messenjerlari bilan raqobatlashmoqchi.

Avvalroq Instagram auditoriyasini oshirish maqsadida yolg‘on layk, sharh va obuna bo‘lgan yolg‘on akkauntlarni o‘chirib tashlash kampaniyasini joriy qilmoqchi ekanligini ma’lum qilgandi.