Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Sport va turizm milliy instituti yaqinida qurilayotgan yangi binolar bilan tanishdi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar bermoqda.

Foto: “Oltin asr”

Bosh planga ko‘ra, bu yerda institut fakulteti, 450 o‘rinli yotoqxona, sportkompleks, dam olish zonasi, velotrek va basseyn quriladi. Shuningdek, sport va yoshlar siyosati vazirligi binosi quriladi.

Foto: “Oltin asr”

Berdimuhamedov mamlakatda buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lsa ham turkmanistonlik sportchilar tomonidan xalqaro musobaqalarda erishilayotgan natijalar talablarga javob bermayotganini tanqid qildi.

Foto: “Oltin asr”

Shundan so‘ng u hamrohlari bilan Olimpiya shaharchasiga yo‘l oldi. Bu yerda bouling o‘ynab, trenajyorlarda shug‘ullandi.