Shoir Haziniy tug‘ilib o‘sgan Farg‘ona viloyatining Katta kenagas qishlog‘idagi uy-muzey va uning yonida joylashgan maqbarada kompleks va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilib, ziyoratchilar uchun go‘zal maskanga aylantirildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Maqbara va uy-muzeyni kapital ta’mirlash va eksponatlar bilan boyitish uchun davlat budjetidan 1 milliard 200 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Hozirda muzey va maqbarada qurilish-montaj va pardozlash, eksponatlar uchun maxsus vitrinalarni joylashtirish ishlari davom etmoqda.

Foto: “Xalq so‘zi”

—2019-yilning birinchi choragida 200 dona eksponat, Haziniy davrini yoritib beruvchi uy-ro‘zg‘or buyumlari, rang tasvir asarlari, mehnat qurollari bilan birga shoir va uning zamondoshlari ijodiga mansub kitoblar, maqolalar hamda toshbosma kitoblarni bosqichma bosqich keltirib joylashtiramiz. Ta’mirlash va hujjatlashtirish ishlari yakunlangach Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida uy-muzey 10 nafar xodim bilan rasman faoliyat boshlaydi, – deydi Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi rahbari Bahodir Hoshimov.