Burkina-Faso shimolida qurolli hujum oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi “Vesti.ru”.

Foto: “Vesti.ru”

Hodisa 1-yanvar kuni yuz berdi. Noma’lum shaxslar 6 kishini o‘ldirdi. O‘ldirilganlar ichida qishloq oqsoqoli va uning o‘g‘li ham bo‘lgan. Ushbu qotillikka javoban mahalliy aholi vakillari Fulbe xalqidan bo‘lgan yetti kishini o‘ldirgan.

Hodisadan so‘ng Burkina-Faso hukumati tomonidan hududda favqulodda holat rejimi e’lon qilingan.