Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi Rahmonov O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahridagi vakili, shahar bosh imomi va Yunusobod tumani “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifalariga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “Minor” jome masjididagi 4 yanvar kungi juma namozida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim domla Inomov namozxonlarga yangi bosh imom-xatibni tanishtirdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining sobiq bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov 2018-yil 13-iyun kuni vafot etgandi.