Amir Temur ko‘chasining Moliya instituti oldidagi piyodalar o‘tish joyi yangi ko‘rinishga ega bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Ushbu piyodalar o‘tish joyiga yangi konstruksiya Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi taklifi asosida o‘rnatildi. Unga miltillovchi sariq ishorali svetofor, tunda aniq ko‘rinishi uchun yorug‘lik diodli yo‘l belgilari o‘rnatildi. Shuningdek, piyodalar o‘tish joyining yoritilishini kuchaytirish uchun qo‘shimcha chiroqlar joylashtirildi.

Ma’lumot uchun, bunday konstruksiya respublikada xususan, Toshkent shahrida ilk bor tatbiq etilmoqda. Mazkur qulaylik hududda harakat xavfsizligi faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.