Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Federal Majlisga murojaatida yuqori texnologiyalar bilan bog‘liq qator masalalarni ko‘targan, deya xabar beradi “Hi-tech.mail.ru”.

Kadr: YouTube

Rossiyaning zamonaviy qurol-yarog‘ tizimlari haqida gapirganda, prezident “Avangard” kompleksini rivojlantirish birinchi sun’iy yo‘ldoshni ishga tushirilishi bilan ahamiyatli ekanini ta’kidladi.

Tashqi tahdidlarga qarshi turish maqsadida Rossiya “tahdidlar borasida qaror qabul qilish markazlariga boradigan qurollarni yaratishi mumkin”, — dedi prezident. “Avangard” komplekslarini ishlab chiqarish boshlandi, yil oxirigacha o‘z vazifasini bajaradigan “Sarmat” raketalari va “Peresvet” lazer komplekslarini tayyorlash ishlari faol davom etmoqda.

Kadr: YouTube

Prezident, shuningdek, “Kinjal” qurolli raketalari bilan qurollangan “MiG-31” samolyotining tayyorligi haqida xabar berdi. Vladimir Putin 2019-yilning bahorida “Poseydon” uchuvchisiz yadro kompleksi tashuvchisi bo‘lgan birinchi atom suvosti kemasini ishga tushirishiga e’tibor qaratdi.

Kadr: YouTube

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, tez orada zirhli raketalar foydalanishga topshirilishi kerak. Bu raketalar boshqa dengizga qarshi qurollardan asosiy farqi parvozning tezligida. “Sirkon” 1000 kilometrdan ortiq masofani 9 Maxda bosib o‘ta oladi. Raketa ham dengiz ham quruq maqsadlarni urishga qodir.