Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat IIV avtosport markazini borib ko‘rdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: YouTube

Mamlakat ichki ishlar vaziri Iskandar Malik prezidentga markaz obyektlarining ikkinchi navbati qurilishi haqida hisobot berdi. Drift uchun mo‘ljallangan maydon to‘liq tayyorligini bildirdi.

“Prezident Berdimuhamedov yangi Nissan sport avtomobilini ko‘zdan kechirdi va unda zarur tayyorgarlikdan so‘ng driftning yuqori darajasini ko‘rsatib, tajribali poygachi mahoratini namoyish qildi”, — deyiladi mahalliy OAV xabarlarida.