Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasiga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Chiyali qishlog‘idagi Navro‘z bayramida qilgan chiqishi videosini joyladi. Ushbu video muxlislar tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda. Unda xonandani ko‘rish uchun minglab odamlar tashrif buyurib, sahnani o‘rab olgani aks etgan.

Foto: Skrin / Daryo

Xonandaning muxlislari kinoya bilan “Hatto Maykl Jeksonning ham shuncha muxlisi bo‘lmagani”ni yozib qoldirmoqda.

Darhaqiqat, quyidagi videolarda xonandaning qo‘shiqlaridan bahramand bo‘lish uchun kelgan son-sanoqsiz muxlislarni ko‘rish mumkin.

View this post on Instagram

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, Chiyali qishlog‘iga safarga bordim. Meni juda iliq qarshi oldilar! Rostini aytsam, bu qadar ko‘p odam kelishini hayolimga ham kelmagan edi🔥Tasavvurga sig‘mas edi!😂 Azizlarim, barchangizni Navro‘z ayyomi bilan tabriklayman! 🙏🏻 Xonadoningizga tinchlik osoyishtalik, oilangizga baxt, yaqinlaringizga mustahkam sog‘lik tilayman ❤️ Вчера я была в Кашкадарьинской области, в районе Чирокчи, в посёлке Чияли. Меня так тепло и радушно встретили! Если честно, не ожидала, что придёт так много людей🔥 Это было что-то!😂 Мои хорошие, всех поздравляю всех с праздником Навруз!🙏🏻 Желаю мира и добра вашим домам и семьям, здоровья и счастья родным и близким ❤️

A post shared by Munisa Rizaeva (Singer) (@munisarizaeva) on