Marg‘ilon shahrida yaqinda bunyod etilgan Ijodkorlar bog‘ida tashkil etilgan O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov muzeyida 400 ga yaqin eksponat bor. Bu haqda Zarnews xabar berdi.

Foto: Zarnews

Jumladan, shoirning bolaligi, yoshligi aks etgan tarixiy suratlar, hayoti davomida foydalanilgan buyumlar, vodiy ijodiy muhitiga oid ma’lumotlar va asarlar o‘rin olgan.

Shuningdek, muzeyda shoirning doimiy hamrohi bo‘lgan shaxmat taxtasi mavjud.

Foto: Zarnews

O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidovning “Muhabbatnoma” kitobi qalam haqiga olingan “Volga” mashinasi ham ayni paytda muzeyga qo‘yilgan.