“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan san’atkorlar ishtirokida Toshkent shahri va viloyatidagi ayrim maktablarga kitoblar sovg‘a qilindi.

Foto: “O‘zbekkonsert”

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahorov boshchiligida O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov, taniqli so‘z ustasi Shukrullo Isroilov va xonanda Zohirshoh Jo‘rayev poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-maktabga kitoblar taqdim etdi.

Foto: “O‘zbekkonsert”

O‘zbekiston xalq artistlari Ortiq Otajonov, G‘ulomjon Yoqubov va Yulduz Usmonova Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi 6-maktabda bo‘lib, shaxsiy kutubxonalaridagi adabiyotlardan maktab kutubxonasiga sovg‘a qildi.

Foto: “O‘zbekkonsert”