O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nashriyotlarda 2018-yil davomida kitoblari eng ko‘p chop etilgan mualliflar o‘nligi e’lon qilindi.

Foto: Sputnik

Unga ko‘ra hozirda quyidagi mualliflarning asarlari nashr etilish bobida yetakchilik qilmoqda.

O‘tkir Hoshimov;

Abdulla Qodiriy;

G‘afur G‘ulom;

Azamat Qorjovov;

Cho‘lpon;

Oybek;

Tohir Malik;

Nurali Qobul;

Nabijon Hoshimov;

Xudoyberdi To‘xtaboyev.

Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar agentligi bosh mutaxassisi Muhiddin Omonovning aytishicha, 2018-yilda nazorat nusxalari taqdim etilgan kitoblarning 48 foizini badiiy adabiyotlar tashkil etdi. Bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan bosma mahsulotlar ko‘lami esa 4 foizga ham yetmadi.