Alina Sanko “Miss Rossiya 2019” tanlovi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Alina Rostov viloyatining Azov shahridan, 20 yoshda. Tasviriy san’at, she’riyatga qiziqadi, sayohatni yoqtiradi.

Yekateringburglik Arina Verina va tataristonlik Ralina Arabova tanlovda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi. Ikki qiz ham dunyoning istalgan mamlakatida o‘qish uchun grantni qo‘lga kiritdi.

Foto: “RIA Novosti”

Tanlov g‘olibiga qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan tilla toj va 3 million rubl (46,5 ming dollar) miqdoridagi pul mukofoti topshirildi.

Final qismi ishtirokchilari “Dunyo go‘zali” va “Koinot go‘zali” xalqaro tanlovlarida Rossiya nomidan ishtirok etishi mumkin.