Buxoro viloyatining Vobkent tumanida 27 kunda qurib bitkazilgan bozorda beton plita odamlar ustiga quladi. Bu haqda “Podslushano v Buxare” kanali ma’lum qildi.

Foto: “Podslushano v Buxare”

Hodisa oqibatida 2 kishi jiddiy jarohat oldi va hozirda reanimatsiya bo‘lib turibdi. Yana 2 kishi yengil yaralangan.

“Janob kattakonlar, obyektlar qurilishini shoshiltirishdan nima naf?” deya o‘smoqchilagan kanal mutasaddilari.