Turkiyada FETO ma’ruzachisi Fetxulla Gyulen harakatiga aloqador deb gumon qilingan 210 nafar harbiy xizmatchi qo‘lga olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Xabarda aytilishicha, politsiya va jandarma kuchlari Istanbulda va viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan harbiy xizmatchilarni qo‘lga olish uchun bir vaqtning o‘zida operatsiya boshlagan.

Qo‘lga olinganlar orasida 5 nafar polkovnik, 7 nafar popolkovnik, 14 nafar mayor, 33 nafar kapitan, 49 nafar leytenant va 102 nafar serjant bor. Shuningdek, 115 nafar harbiy sud qarori bilan qamalgan.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 16-iyulga o‘tar kechasi Turkiyada harbiy to‘ntarish qilishga urinishlar bo‘lgan, ammo amalga oshmagan edi.

Turkiya hukumati AQShda yashovchi Fetxulla Gyulenni to‘ntarish o‘tkazishni tashkil qilishda ayblagan. O‘z navbatida, Gyulen bu ayblovni rad etgan.

Shundan so‘ng, Turkiyada Gyulenning tarafdorlariga nisbatan ommaviy qatag‘onlar boshlangan.