“Daryo” kolumnisti Yevgeniy Sklyarevskiy Germaniyaga safari chog‘ida amalga oshirgan diqqatga sazovor kuzatishlari haqida hikoya qilishda davom etadi.

Berlinda amalga oshirilgan, bizda qo‘llasa bo‘ladigan eng qiziqarli jihatlarini qisqacha kletirib o‘taman:

1. Chiqindilar uchun alohida chiqit qutilari o‘rnatilishi haqida ko‘p va xo‘b yozildi, gapirildi. Nemislarda bu tartib odat tusiga kirib bo‘ldi, lekin bizda bu masalada hamon amaliy qadamlarga o‘tilmayapti;

Foto: “Daryo”

2. Piyoda yo‘lkalarini katta yo‘ldan ajratib turuvchi bordyurlar, kirish va chiqish joylarida nogironlar aravachalarining, bolalar aravachalari, velosipedchilar va g‘ildirakli jomadonlar harakatlanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida pasaytirib o‘rnatiladi. Bizda esa bularning barchasini ko‘tarib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, hatto avtobuslar uchun ham alohida yo‘lak ajratilgan;

Foto: “Daryo”

3. Kommunal xizmatlarning texnik lyuklari kichik to‘rtburchak shaklda va ularning ostida, taxminimcha, bekitish kranlari bor. Kanalizatsiya lyuklari, bizdagiday doira shaklida, lekin yomg‘ir suvlari uchun tirqishlari bor. Suv oqib ketishi uchun ariqcha va chuqurchalar mavjud emas;

Foto: “Daryo”

4. Barcha yosh daraxt ko‘chatlari odamlarning zararli odatlaridan, mashinalar va shamoldan yog‘och korsetlar bilan himoyalangan. Eng asosiysi, manzarani xunuklashtiruvchi reklama va e’lonlar taxtasi mavjud emas. Faqatgina Yevroparlament saylovlarida qatnashuvchi nomzodlarning suratlari yopishtirilgan;

Foto: “Daryo”

5. Qurilish ishlari boshlanib, harakatni o‘zgartirish kerak bo‘lsa, oq belgilar vaqtincha sariq rangga aylantiriladi. Bu yopishqoq tasma bo‘lib, ish bitgach olib tashlanadi va avvalgi belgilardan foydalanilaveradi;

Foto: “Daryo”

6. Tor markaziy ko‘chalarda mashinalarni qo‘yish muammo. Lekin taqiqlovchi belgilar bilan birga yaqin atrofda joylashgan avto to‘xtash joylari haqida ma’lumot ko‘rsatiladi. Bu esa mashina egalariga qulaylik yaratadi;

Foto: “Daryo”

7. Ko‘chalarning nomi chorrahalardagi ustunlarga osib qo‘yiladi. Bu ayniqsa shahar mehmonlari uchun juda qulay;

Foto: “Daryo”

8. Bekatlarda transport harakati haqida to‘liq ma’lumot olish mumkin. Toshkentda ham bunday ma’lumotlar mavjud, ammo ular rasmiyatchilik uchungina bo‘lib, haqiqiy voqelikka to‘g‘ri kelmaydi;

Foto: “Daryo”

9. Berlin elektrda yuradigan transportga to‘lib ketgan. Tramvaylardan tashqari, Berlin ichida va atrofida harakatlanadigan elektrichkalar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Temir yo‘llar uzunligi 327 kilometr, bekatlar soni 166 ta, liniyalar soni 16 ta, yiliga 442 million odam tashiladi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Shuningdek, 151,7 kilometr uzunlikdagi to‘qqiz liniyali, 173 ta bekatga ega Berlin metropoliteni yiliga 505,2 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.

Berlin metropoliteni.
Foto: Google Photos

Yuqorida keltirilganlardan nimalarni Toshkent uchun qabul qilish mumkin? Toshkent ichida amalda elektrichka yurmaydi. Shahar metrosi poytaxt va poytaxt bo‘lmagan shaharlar orasida eng kichigidir. Toshkent metropolitenining jadal kengayishi va rivojlanishiga umid qilib qolamiz.

UzWaterAware loyihasi Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM) tomonidan Yevropa Ittifoqi ko‘magi bilan amalga oshirilmoqda. Loyihaning milliy hamkori — Suv xo‘jaligi vazirligi.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.