AQShlik mashhur prodyuser Lourens Alan Kasanoff O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi a’zolari hamrohligida Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarini o‘zining navbatdagi filmi uchun lokatsiyalar tanlash maqsadida ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Kinematografiyani rivojlantirish markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Kinematografiyani rivojlantirish markazi matbuot xizmati

Yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik natijasida O‘zbekistonda Gollivud blokbasterining bir qismini suratga olish ishlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi AQShlik kinoijodkorlarning respublikda mazkur filmni tasvirga olishini tashkil qilish va AQShdan kelgan kinoijodkorlarga tasvirga olish jarayoni davomida to‘liq ko‘mak ko‘rsatish masalasida kelishib olindi.

Foto: Kinematografiyani rivojlantirish markazi matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, Lourens Kasanoff “Mortal Combat” franshizasi asoschisi, “Terminator”, “Lego-yulduzlar jangi” kabi filmlar prodyuseri hisoblanib, “Terminator 2: Judgment Day” (Terminator 2: Qiyomat kuni) kartinasi uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

U Arnold Shvarsenegger bosh qahramon rolini ijro etgan va Jeyms Kemeron rejissorlik qilgan “True Lies” (Chin yolg‘onlar) filmida ijrochi prodyuser vazifasini bajargan.

Foto: Kinematografiyani rivojlantirish markazi matbuot xizmati

Lourens Kasanoff 1990-yil kinorejisser Djeyms Kemeron bilan birgalikda “Lightstorm Entertainment” kinokompaniyasiga asos soladi. Ushbu kinokompaniya shu kungacha “Titanik”, “Avatar” singari filmlar prodyuserligi bilan shug‘ullangan. Lourens 200 ortiq filmlar yaratilishda ishtirok etib, kinobiznesda milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘plagan.