O‘zbekistonlik Milana Pak “Detskaya novaya volna” yosh ijrochilar tanlovida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milana Pak Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Foto: Instagram / @milana__pak_official

Birinchi o‘rinni rossiyalik ikki bola Alisa Golomisova va Denberel Oorjak egalladi. Ushbu bolalarning qo‘shiqlariga klip olinadi.

Ikkinchi o‘rinni belaruslik Yaroslav Sokolikov egalladi. Uning qo‘shig‘ini studiyada yozish xarajatlari qoplanadi.

O‘zbekistonlik Milana Pakka esa uchinchi o‘rinni egallagani uchun “Detskoye Yevrovideniye-2019” tanlovida tomoshabin sifatida ishtirok etadi.

Tanlov hakamlar hay’atida Lev Leshenko, Yulianna Karaulova, Yuliya Savicheva va Igor Krutoy kabi san’atkorlar bor edi.