Surxondaryoning Denov tumanida qurib bitkazilgan yangi uylarning kalitlarini harbiy xizmatchilarga tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Harbiy orkestr hamda karnay-surnaylar sadosi ostida uylarni topshirish marosimida Denov tumani hokimi Baxtiyor Ibotov, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari hamda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Xayrobod qo‘rg‘onida joylashgan harbiy shaharchada barpo etilgan 48 xonadonga mo‘ljallangan ikki qavatli jami 3 ta uyda harbiylar va ularning oila a’zolari uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil rejasi bo‘yicha 74 ta uy ipoteka krediti asosida, 21 tasi xizmat uylari sifatida qurilib, harbiy xizmatchilarga tantanali ravishda topshirilmoqda.