Londondagi osmono‘par bino tomida shaharni 360 darajada ko‘rish mumkin bo‘lgan basseyn paydo bo‘ladi. Hi-Tech’ning yozishicha, basseynga ko‘tarilish uchun maxsus suvosti lifti ishlab chiqilgan.

Foto: Hi-Tech

Basseyn 55 qavatli mehmonxona tomida qurilib, 600 ming litr suv bilan to‘ldiriladi. Undan shaharni panorama ko‘rinishida kuzatish mumkin bo‘lgani uchun “Cheksiz” degan nom olgan. Devorlar va pol butunlay shaffof oynadan bo‘ladi. Basseyndagi odamlar atrofni hamma tomondan kuzatishi mumkin.

Foto: Hi-Tech

Londonda tez-tez yomg‘ir yog‘gani va bunday balandlikda sovuq bo‘lishi mumkinligi bois, basseyn suvini doimo normal haroratda saqlash uchun avtomatik isitish tizimi o‘rnatiladi.

Basseyn loyihasi allaqachon tayyor bo‘lib ulgurgan, qurilish ishlarini 2020-yildan boshlash rejalashtirilmoqda.