Forum Daily nashri Nyu-Yorkda joylashgan eng chiroyli sharsharalarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.

Foto: Instagram

Itaka-Fols, Itaka

Foto: Instagram

Balandligi 30,5 metr keladigan sharshara Kayuga ko‘lining janubiy qismida joylashgan.

Kaushed-Fols, Filmor Glen shtati bog‘i

Foto: Instagram

Yil davomida bemalol kuzatish mumkin bo‘lgan 12,2 metrli sharshara.

Lemson-Fols, Kler

Foto: Instagram

Adirondak tog‘larining shimoliy qismida joylashgan Lempson sharsharalarining balandligi 18,3 metrga yetadi.

Edvards-Fols, Manlius

Balandligi taxminan 18,3 metr keladigan sharshara juda chiroyli ko‘rinishga ega.

Lyutsifer-Fols, Robert Treman shtati bog‘i

Enfildda joylashgan 35 metrli sharsharaga qaragan odam undan ko‘zini ancha vaqtgacha uzolmay qoladi.

Igl-Kliff-Fols, Gavan Glen bog‘i

Foto: Instagram

Montur-Fols hududida joylashgan sharsharaning balandligi 12 metr bo‘lib, ko‘plab sayohatchilar uchun ajoyib maskan hisoblanadi.

Shekvaga-Fols, Montur-Fols

Foto: Instagram

46 metrli sharshara mahalliy hududning haqiqiy xazinasi hisoblanadi.

Kaaterskill-Fols, Xanter

View this post on Instagram

#TBT the start of the #Trail #Waterfall #LifeOfWater

A post shared by J J P (@spartodove8) on

Balandligi salkam 80 metr keladigan sharshara Nyu-York shtatida joylashgan eng chiroyli maskanlardan biri.