Moskvada 12-iyun kuni Meduza muxbiri Ivan Golunovni qo‘llab-quvvatlab uyushtirilgan aksiya ishtirokchilarining 549 nafardan ortig‘i qo‘lga olindi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Foto: Meduza

Tahlilchilarning aniqlik kiritishicha, ularning kamida besh nafari Ichki ishlar organida kechasi qolgan. Qayd etilishicha, ular orasida ovqatlanish va uxlashga berilmayotgan “jiddiy kasallikka chalingan” fuqaro ham bor.

Jamoatchilik kuzatuv komissiyasining mas’ul kotibi Ivan Melnikov, qo‘lga olingan 2001-yilda tug‘ilgan o‘smirni shifokorlar politsiya bo‘limidan kasalxonaga olib ketganini aytgan. U norozilik aksiyasida olgan suratlarni o‘chirishdan bosh tortgani uchun xavsizlik kuchlari tomonidan kaltaklangan.

Shifokorlar bolaga ko‘krak qafasi, o‘ng yonoq lat yeyishi, yuz va bo‘yin shilinishi tashxisini qo‘ygan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kaltaklanishdan avval undan fotoapparati tortib olingan.