“Real” 2019-yil yozgi transferlar vaqtida futbolchilar sotib olishga rekord darajada mablag‘ sarfladi.

Foto: Google Images

Madridliklar jamoani kuchaytirish maqsadida jami 303 million yevro sarflashga ulgurdi. “Qaymoqranglilar” Eden Azar (“Chelsi”, 100 million yevro), Luka Yovich (“Ayntraxt”, 60 million), Eder Militao (“Portu”, 50 million), Ferlan Mendi (“Lion”, 48 million) va Rodrigoni (“Santos”, 45 million) o‘z safiga qo‘shib oldi.

Shu bilan birga, “Qirollik klubi” bu borada o‘zining 10 yil avvalgi rekordini yangiladi. O‘shanda “Real” Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”, 94 million yevro), Kaka (“Milan”, 67 million), Karim Benzema (“Lion”, 35 million), Xabi Alonso (“Liverpul”, 34,5 million), Raul Albiol (“Valensiya”, 15 million), Alvaro Negredo (“Almeriya”, 5 million), Alvaro Arbeloa (“Liverpul”, 4 million) va Esteban Graneroni (“Xetafe”, 4 million) umumiy 258,5 million yevro evaziga sotib olgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!