Rossiyalik teleboshlovchi Kseniya Sobchak Instagram sahifasida o‘zbekistonliklar haqida qisqa video lavha joylashtirdi va uni “olomon ichidagi yolg‘izlik” deb nomladi. Unda Kseniya Sobchak milliy libosdagi o‘zbek ayollari o‘tib ketayotgan joyda turgani aks etgan.

Instagram foydalanuvchilari ushbu video ostida ko‘plab tanqidiy izohlar yozib qoldirgan.

“Sizning harakatlaringiz meni juda xafa qildi, xuddi qandaydir mahluqni ko‘rgandek, yoki chakalakzorga tushib qolgandeksiz. U yerda hech qanday qo‘rqinchli narsa yo‘q, u yerning odamlari oddiy, kamtarin. Bunday aqlli va yuqori salohiyatli shaxsning o‘zini bunday tutishini ahmoqlik deb bilaman. Nega o‘zingizni Afrikada bunday tutmadingiz?! Bu Siz tomondan ahmoqona chiqdi”, — deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

“Ular olomon emas, senga hatto e’tibor ham berishmayapti”, — degan boshqa foydalanuvchi.

Ayrim foydalanuvchilar o‘zbekistonliklarni himoya qilib, ularni bunga e’tibor bermaslikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik taniqli teleboshlovchi Kseniya Sobchak O‘zbekistonga tashrif buyurgandan so‘ng safar taassurotlari bilan bo‘lishmoqda. Sobchak Instagram’da joylagan suratlarida O‘zbekiston haqida “Bu ajoyib madaniyat, bu yerda senga ‘yo‘q’ deya olishmaydi degan, o‘ziga yangi dugonalar topganini aytgandi.