Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: UzReport

Deputatlar tomonidan qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Jumladan:

Sarvar Otamurodov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari hamda Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi lavozimidan ozod etildi.

Foto: O‘zA

Hotamjon Ketmonov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi lavozimidan ozod etildi.

Foto: “Milliy tiklanish”

Alisher Qodirov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari etib saylandi.