Shavkat Mirziyoyev Bishkekka yetib keldi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidentini “Manas” xalqaro aeroportida Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadqaliy Abulg‘oziyev kutib oldi.

Foto: Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etadi.