Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun 13-iyun kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sammitda a’zo mamlakatlar o‘rtasida siyosat, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, xavfsizlik va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Muloqotlar yakunida Bishkek deklaratsiyasi qabul qilinishi, tashkilot doirasida hududlararo aloqalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya, turizm, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentning xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.