Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tashabbusi hamda “Xalqaro donorlar kuni” munosabati bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan “Yaxshilik albatta qaytadi” shiori ostida, “beg‘araz donorlik aksiyasi” o‘tkazildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati

Joriy yilning 12-iyun kuni Sirdaryo viloyati qon quyish stansiyasida o‘tkazilgan aksiyada viloyat Ichki ishlar organlarining jonkuyar va fidoiy xodimlari faol ishtirok etib, ixtiyoriy ravishda beg‘araz donorlik ishlarini amalga oshirdi.

Foto: Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati

Foto: Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati

Foto: Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati