O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida prokuratura organlarining 2019-yilning o‘tgan besh oyi davomidagi faoliyati natijalariga bag‘ishlangan matbuot konferensiyasida Gulnora Karimova bo‘yicha jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi, deb yozadi O‘zA.

Foto: BBC

G.Karimova ayni paytda jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tamoqda. Uning xorijga olib chiqib ketgan mablag‘larini qaytarish bo‘yicha harakatlar xalqaro huquq normalari asosida amalga oshirilmoqda. Uning salomatligi bo‘yicha muammolar yo‘q.