Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova DXX raisi va Bosh prokuraturaga ariza yozdi va uni onasining Instagram sahifasida joyladi. Unda onasining qamoqdagi holati, ruhiy bosim o‘tkazilayotgani va uning sog‘lig‘idan tashvishda ekanligini bildirgan.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati Greguar Manja may oyi oxirida Twitter’dagi sahifasida Gulnora Karimovaga shifokorlar bo‘yicha rad javobi berilayotgani va unga doimiy ruhiy bosim o‘tkazilayotgani haqida yozgan edi.