Chang va tuzning quruq zarralari ko‘p miqdorda uchrashi sabab, chang bo‘roniga aylanib ketadigan kuchli shamollar O‘zbekistonning shimoli-g‘arbi uchun odatiy holdir. Bu haqda, “O‘zgidromet”ga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

“O‘zgidromet” vakillarining qayd etishicha, 14-iyun kuni yuz bergan holat — anomal jarayon emas.

“Bu anomal jarayon emas. Chang bo‘ronlari, mintaqada yuzaga kelgan vaziyat va iqlimdan kelib chiqib xulosa qilinsa, Qoraqalpog‘iston uchun xos. Shamol tezligi soniyasiga 20 metrgacha kuchayishi prognoz qilingan edi. Odatda bunday shamol chang va tuz zarralarini havoga ko‘taradi”, — deya ma’lum qildi “O‘zgidromet” vakillari.

Eslatib o‘tamiz, 14-iyun kuni soat 20:32—20:38 oralig‘ida kuzatilgan chang-tuz aralash kuchli shamol oqibatida Nukus shahrida tomlarning uchib ketishi, daraxt va stolbalarning qulashi holatlari qayd etilgan edi.